
"Real" katta umidlar bilan olib kelgan, finallarda gol urgan futbolchisini sotmoqchi. Ammo xaridor yo‘q
"Real" klubi vingeri Garet Beyl yana bir mavsum jamoada qoladigan ko‘rinadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchini sotib oladigan xaridor topilmayapti. Unga qiziqishlar bor, lekin aniq taklif yo‘q. Shu bois Beyl yana kamida bir mavsum Madridliklar sharafini himoya qiladi.
Katta umidlar bilan xarid qilingan futbolchini "qirollik klubi" qanday qilib bo‘lsa ham sotmoqchi. Unga oldinroq APLdan chorlovlar bo‘layotgandi.
Fikrlar