
"Real" Karim o‘rniga boshqa Karimni olib kelmoqchi
"Real Madrid" va "Atletiko" "Red Bull Zaltsburg" hujumchisi Karim Adeyemi uchun kurashga kirishdi. Futbolchi Avtstriya klubi safida ajoyib o‘yin namoyish etmoqda.
Madridning ikkala klubi ham ayni damda markaziy hujumchi qidirmoqda. "Matraschilar" Luis Suaresga, Peres jamoasi esa Benzemaga o‘rinbosar qidirmoqda.
19 yoshli forvard ayni damda 25 million evroga baholanmoqda. Avvalroq, Premer-liga klublari unga qiziqish bildirayotgandi.
Ta’kidlash joiz, yosh goleador ushbu mavsumda umumiy 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar