Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

  • 31 avgust, 21:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumiga puxta tayyorgalik ko‘ra olmagani oshkor bo‘lib qoldi. Xosep Gvardiola shogirdlari birinchi turda “Vulverxempton”ni 4:0 hisobida tor-mor keltirganidan keyin ko‘pchilik “shaharliklar”ni maqtashga kirishib ketgandi.

Tecno

Biroq ikkinchi turda “Tottenxem” Manchesterdan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan uch ochkoni olib ketdi. Uchinchi turda Xosep Gvardiola shogirdlarida avvalgi o‘yindagi mag‘lubiyat tasodif ekanini isbotlash imkoni bor edi.

“Brayton” maydonida mehmon bo‘lgan “shaharliklar” birinchi bo‘limda katta ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, raqib darvozasini faqatgina bir marta ishg‘ol qildi. Erling Xoland to‘rtinchi urinishini golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyat keskin o‘zgardi. Endi “Brayton” bosimni kuchaytirdi. Natijada jamoa penalti ishladi va hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida mezbonlar g‘alaba to‘pini ham kiritdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Abduqodir Husanov 85-daqiqa harakatlandi va birorta xatoga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Ikkinchi to‘p, o‘zbek himoyachisi zaxiraga olinganidan keyin kiritildi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola o‘yin borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Meng o‘zimiz bajarayotganishlarning katta qismi juda ma’qul kelmoqda. “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvni ham juda yaxshi boshlagan edik. Bu gal ham menga ko‘p narsa yoqdi, lekin yana g‘alaba qozona olmadik.

Biz gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Ungacha hamma ishlarimiz juda yaxshi davom etayotgan edi. Gol urish uchun qulay vaziyatlarimiz bo‘ldi, jamoa shiddatli o‘yin namoyish qilayotgan edi. Bahsning bir soatini juda zo‘r o‘tkazdik, qolgan yarim soatdagi harakatlarimiz esa, ancha bo‘sh chiqdi.

Biz yaqin masofalarga pas berishni unutib qo‘ydik, uzoqqa to‘pni oshirish orqali hujum qilmoqchi bo‘ldi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin qanday o‘ynashimiz kerakligini amalda ko‘rsata olmadik.  “Tottenxem” bilan to‘qnashuvda ham xuddi shunday bo‘lgandi.

Bu bor-yo‘g‘i bitta o‘yin xolos. Mavsum endi boshlandi va oldinda hali uzoq davom etadigan jarayon bor.

Sovrin uchun kurashamizmi? Bizsha yana biroz vaqt bering. Hozircha, endigina uchta tur o‘tdi, - dedi Xosep Gvardiola.

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining navbatdagi uchrashuvini 13 sentyabr kuni o‘z maydonida hamshaharlari “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.

Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda

 

O‘zbek legionerining kutilmagan transferiga izoh berildi

 

“CAFA Nations Cup 2025”: Husanovning bir o‘zi Eron terma jamoasidan qimmat turadi!

Husanovni Chempionlar ligasida katta tarixiy voqea kutmoqda

Husanovning rekordi joyida qoldi!
Fayzullaev uzoq tanaffus olishga majbur bo‘ldi
Husanov bor, bu yulduz kerak emas!
Gvardiola Husanov bo‘yicha qarorini aytdi

Gvardiola, Husanovdan voz kechib, katta xato qilding!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Холмумин Эгамбердиев
01/09/2025 04:27
Тоттенхим эмас брайтон