"Real" hujumchisiga APLning uchta grandi xaridor

  • 21 aprel, 16:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Ispaniya chempionatini tark etib, Angliya Premer-ligasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" portali xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, braziliyalik forvardga Angliya chempionatining bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda. Gap “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va Londonning “Chelsi” klublari haqida bormoqda. “Aristokratlar” raqiblarini ortda qoldirmoqchi va futbolchi transferi bo‘yicha allaqachon taklif tayyorlab qo‘ygan. London klubi braziliyalik uchun 100 million evrodan ortiq pul to‘lashga tayyor.

Rodrigoning Madrid klubi bilan 2028-yil iyun oxirigacha amaldagi shartnomaga ega.

Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi "Qirollik klubi" safida 48 ta uchrashuvda 13 ta gol va 10 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!