
"Real" hujumchisida koronavirus aniqlandi
"Real" hujumchisi Luka Yovichda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining Serbiya terma jamoasidan qaytib kelgach, topshirgan test natijasi musbat chiqqan. U ikki kun oldin UEFA Millatlar ligasi 6-turida Rossiya darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan edi.
Yovich bu mavsum “Real” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar