"Real" hujumchisi Yamalga juda yuqori baho berdi

  • 19 iyun, 2024, 05:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Xoselu Lamin Yamalning iqtidoriga yuqori baho berdi. 

"Lamin o‘ziga xos yigit. Aksar futbolchilar 16 yoshida o‘rinbosarlar yoki yoshlar tarkibida to‘p tepadi. Yamal esa bu yoshda Evropada shuhrat qozondi va jahon darajasidagi eng yaxshi o‘yinchilar bilan yuqori saviyada kurash olib bormoqda", - dedi "qaymoqranglilar" forvardi. 

16 yoshli vunderkind "Evro-2024" 1-turidan o‘rin olgan bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va mazkur turnirda harakat qilgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. Bundan tashqari, u Xorvatiya bilan bahsda o‘z hisobiga assist ham yozdirib qo‘ydi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!