
"Real" hujumchisi jarohat oldi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo La Liganing 15-turidan o‘rin olgan "Granada"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Braziliyalik forvard uchrashuvning 38-daqiqasida sonidan jarohat olib, zaxiraga olindi. Rodrigoning tiklanish vaqti tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum hujumchi 11ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar