"Real" hujumchisi "Arsenal" bilan muzokaralar olib bormoqda
"Arsenal" Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, London klubi "Real" vingeriga jiddiy qiziqish bildirib, may oyida futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid jamoasi futbolchining transferi uchun 90 million evro olishni istayapti.
Rodrigo La Liganing o‘tgan mavsumida 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar