
"Real" hujum chizig‘ini "Bavariya" yulduzi bilan kuchaytirmoqchi
"Bavariya" vingeri Serj Gnabri faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Ispan OAV xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchini sotib olishga asosiy da’vogar Madridning "Real"i hisoblanadi. "Qaymoqranglilar" uni anchadan beri o‘zining haqiqiy egasini topolmayotgan o‘ng qanot hujumchisi pozitsiyasi uchun nomzod sifatida ko‘rmoqda.
O‘z navbatida, Gnabri ham yangi chaqiruvlarni qabul qilishga qarshi emas. U myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
Joriy mavsum Serj "qizillar" libosida 44 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 gol va 10 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar