“Real” futbolchisiga ikkita jiddiy xaridor chiqdi

  • 9 yanvar, 2024, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” himoyachisi Ferlan Mendi faoliyatini endi Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Madridga kelgunga qadar Frantsiya chempionatida “Gavr” va “Lion” sharafini himoya qilgan futbolchiga “Manchester Yunayted” va “ChElsi” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Angliyaning har ikki klubi “Real”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan himoyachini asosiy tarkibda muntazam o‘ynatishga tayyorligini bildirgan.

28 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda atigi 14 marotaba maydonga tushdi xolos.

Mendining shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan va uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar 55 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!