Real" futbolchisi bu sovringa to‘qqizinchi marta loyiq deb topildi

  • 22 dekabr, 2022, 17:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid futbolchisi David Alaba o‘z mamlakati Avstriyada ketma-ket uchinchi marta yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Alaba bu sovringa umumiy to‘qqizinchi marta loyiq ko‘rildi va bu mutlaq rekord sanaladi.

Tecno

Avstriya chempionati vakillarining ovoz berish yo‘li orqali aniqlangan mazkur sovrin uchun kurashda 30 yoshli himoyachi "Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovich, "Leyptsig" yarim himoyachisi Konrad Laymer va "Feyenoord" himoyachisi Gernot Traunerni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avstiyalik futbolchi "qirollik klubi" safida o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati, chempionlar ligasi va Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!