“Real” FIFAga shikoyat yuboradi

  • 14 sentabr, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi Ispaniya chempionatidagi hakamlik bo‘yicha Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFga shikoyat ariza bilan murojaat qiladigan bo‘ldi.

Tecno

Bu haqda Marca nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Real” mutasaddilari yangi chempionatning to‘rtta turi va o‘tgan mavsumda jamoaga qarshi chiqarilgan nohaq qaror ko‘rsatilgan ma’lumotlarni FIFAga taqdim qilib, xalqaro tashkilotdan ispan futbolidagi hakamlikda nimalar bo‘layotgani bo‘yicha xulosa chiqarishni so‘ramoqchi.

La Liganing to‘rtinchi turida “Real” safardagi uchrashuvda “Real Sosedad”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 32-daqiqada madridliklar himoyachisi Din Xyoysen Mikel Oyarsabalni to‘xtatib qolgani uchun hakam tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.

Xabi Alonso bu vaziyatda o‘z shogirdiga ogohlantirish berish adolatdan bo‘lardi, degan xulosani bildirdi. Murabbiyga ko‘ra, Xyoysenning ortida turgan Eder Militao raqib futbolchisiga  qarshi o‘ynashi mumkin edi.

“Real” La Liganing dastlabki to‘rtta uchrashuvii o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa-da, har bir o‘yinda e’tirozlar va ziddiyatlar yuz berayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!