
"Real" etakchisi o‘z vatanida e’tirof etildi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Urugvayda yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
"Charrua de Oro" mukofoti mamlakatdagi sport jurnalistlarining ovoz berish yo‘li bilan beriladi.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli yarim himoyachi Madrid klubi bilan Ispaniya chempionati va Superkubogi, shuningdek, "Liverpul"ga qarshi final uchrashuvida (1:0) golli uzatmani amalga oshirib, Chempionlar Ligasi hamda UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan.
Joriy mavsumda Valverde "Real"ning barcha turnirlar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar