
"Real" ChLda butun Ispaniya sharafini himoya qiladi
Kecha Evropa Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z yakuniga etdi.
So‘nggi o‘yin Londonda bo‘lib o‘tdi va unda "Chelsi" "Atletiko"ni mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki bellashuv natijasiga ko‘ra, 3:0 hisobida g‘alaba qozongan "aristokratlar" madridliklarni ushbu bosqichda o‘z yurishini to‘xtatishga majbur qildi.
Shuningdek, "Barselona" PSJ, "Sevilya" Dortmundning "Borussiya"si to‘sig‘idan o‘ta olmadi va turnirni tark etdi. Faqatgina, "Real" ispan jamoalari ichida bu mavsum Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqishni uddaladi.
Endi chorak final uchun 19 mart kuni qur’a tashlanadi.
Fikrlar