"Real" bugun-erta yirik transferni yakunlamoqchi

  • 7 iyun, 2022, 18:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuameni bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda.

Tecno

ESPN nashri jurnalisti Rodrigo Faesning so‘zlariga ko‘ra, “qirollik klubi” hozirgi vaziyatga optimistik qaramoqda va bugun-erta “Monako” bilan kelishuvga erishishini kutmoqda.

Kelishuvni hal qiluvchi omil Tchuamenining "Real"ga o‘tish istagi hisoblanadi. Qayd etilishicha, soliq bilan bog‘liq ayrim muammolar tufayli transferni rasmiylashtirish sekinlashgan.

Tchuamenining "Real"ga transferi borasida turli ma’lumotlar bor. Ispaniyaning Marca nashriga ko‘ra, Madrid klubi ushbu futbolchi uchun “Monako”ga bonuslar bilan birga 80 million evro taklif qilgan. Frantsiyaning RMC Sport nashri esa “Real” yarim himoyachi uchun 80+20 million evro berayotgani haqida yozdi.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "Monako" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!