
“Real” bosh skauti Anchelottiga zo‘r futbolchi topib berdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti himoya chizig‘ida yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirga tushib qolgan. Hozir bu chiziq yuqori maqsadlar uchun kurashayotgan jamoaning eng zaif nuqtasi bo‘lib turibdi.
“Real” skautlari himoyadagi muammolarga echim bo‘ladigan o‘yinchilarni qidirmoqda. Klubning bosh skauti Juni Kalafat Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabiga Bundesliganing eng yaxshi himoyachilaridan hisoblangan Niko Shlotterbekni olishni tavsiya qilmoqda.
Niko “Borussiya Dortmund” klubida himoya markazida to‘p tepib kelmoqda. 24 yoshli futbolchi Evropada tanila boshladi.
Juni Kalafat bu futbolchi yaqin bir necha yil davomida madridliklarning himoyasi mustahkamligini ta’minlab berishga qodir, - deb hisoblamoqda.
Bu himoyachi “Karlsrue” va “Frayburg” klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu ikki jamoadan tashqari “Union Berlin” safida ham to‘p tepgan. Dortmundliklar uni ikki yil muqaddam 20 million evroga transfer qilgan edi.
Fikrlar