“Real” bir transfer bilan hammani hayratga solmoqchi

  • 23 aprel, 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” anchadan beri asosiy darvozabon Tibo Kurtuaga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. “Qirollik klubi” barqaror golkiperlarni qadrlaydi. Madridliklarga asosan bir darvozabon muntazam o‘ynagani ma’qul.

Tecno

“Qirollik klubi” skautlari ana shu talablarga javob bera oladigan iste’dod egasini “Espanol”dan topdi.

Xoan Garsiya ispan futbolida katta sahnaga chiqdi. 23 yoshli golkiper o‘z o‘yini bilan hatto raqiblarning ham hurmatini qozondi.

Ekspertlar Garsiyaning o‘ziga ishonchi yuqori ekani, yuqoridan keladigan zarbalarni bartaraf etishdagi mahorati va hujumchilar bilan birga bir vaziyatda ishonchli o‘ynay olishini maqtashyapti.

Garchi “Real” Xoan Garsiyani nishonga olgan bo‘lsa-da, uni qo‘lga kiritish uchun bir necha grand klublar, xususan, “Barselona” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!