"Real" Beylni qanchaga sotmoqchi?

  • 13 sentabr, 2020, 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" rahbariyati jamoa vingeri Garet Beylni 20 million evro evaziga sotishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” uelslik futbolchidan joriy transferlar oynasi yopilgunicha qutilmoqchi. Chunki, u bosh murabbiy Zinedin Zidanning rejalariga kirmaydi.

31 yoshli Beyl “Real”da 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 251 ta o‘yinda maydonga tushdi va 105 ta gol hamda 68 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Garetning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!