
“Real” Bellingemni yo‘qotdi
“Real”dagi debyut mavsumidayoq jamoaning etakchisiga aylangan Jud Bellingem bir necha hafta davomida madridliklarga yordam bera olmasligi mumkin.
Relevo nashrining yozishicha, Evropa chempionatidan keyin angliyalik hujumkor futbolchining elkasi operatsiya qilinishi kerak.
O‘tgan yilning noyabr oyida 21 yoshli futbolchining elkasi chiqib ketgan edi. Jud haligacha elkasida noqulaylik sezayotganidan shikoyat qilyapti.
Agar “Qirollik klubi” shifokorlari Bellingemni operativ yo‘l bilan davolash variantini tanlasa, futbolchi kamida ikki oy mobaynida maydonga tusha olmaydi.
Ayni paytda Jud Bellingem maxsus elka tasmasi va og‘riq qoldiruvchi dorilar yordamida o‘ynayapti.
Fikrlar