
“Real” bahaybat futbolchi uchun ikki yulduzidan birini beradi
Madrid superklubi himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun “Bornmut”dan 19 yoshli markaziy himoyachi Din Xyoysenni olib kelishni rejalashtirmoqda.
“Real” rahbariyati transfer talablarini yumshatish uchun Angliya klubiga o‘zining ikki yosh yulduzidan bittasini ijaraga jo‘natishga tayyor.
Transfer News Live va Cadena SER kabi manbalarning xabar qilishicha, Ispaniya chempionlari etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Arda Gyuler yoki Endrikni ma’lum muddat “Bornmut”ga yuborishga rozi.
20 yoshli Arda Gyuler joriy mavsumda 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi. 18 yoshli Endrik 28 ta o‘yinda oltita to‘p kiritdi. Har ikki o‘yinchi ham asosiy tarkibning muqim a’zosi hisoblanmaydi.
Xyoysen esa, barcha turnirlarda 27 marotaba maydonga tushdi. Uning “Bornmut” bilan shartnomasi 2030 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt iste’dodli o‘yinchini 42 million evroga baholamoqda.
Fikrlar