"Real" "Atletiko"ning stadioniga zor emas

  • 11 iyun, 2020, 00:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi hamshahari “Atletiko” stadionidan foydalanmaydi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ayni damda “qirollik klubi”ning uy stadioni hisoblangan “Santyago Bernabeu” ta’mirlanayotgani sabab “Real” mavsumning qolgan 6 ta uy uchrashuvini zaxira stadioni - “Estadio Alfredo Di Stefano”da o‘tkazishga qaror qilgan.

Ammo, La Liga rahbariyati uchrashuvlarga tomoshabinlarning kirishiga ruxsat bersa, “Real” muammoga duch kelishi mumkin. “Atletiko” prezidenti Enrike Sereso esa bunday holatda “Real”ga o‘z uy o‘yinlarini “Vanda Metropolitano”da o‘tkazish taklifini bildirgan. Lekin, “qirollik klubi” bu taklifni qabul qilmoqchi emas.

“Real” karantindan keyingi ilk uy uchrashuvini “Eybar”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!