
"Real" ashaddiy raqibiga futbolchi tarbiyalagan ekan
“Real” tarbiyalagan himoyachi Markos Alonso Italiya va Angliyadagi faoliyatidan so‘ng, yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi.
Ispaniyalik futbolchi “Barselona”ning ashaddiy raqibi – “Real”da futbol o‘ynashni o‘rgangan bo‘lsa-da, har doim Kataloniya klubi formasida to‘p tepishni orzu qilganini oshkor etdi.
- Butun faoliyatim davomida har doim “Barselona”da to‘p tepishni orzu qilganman va bu bolalikdan beri mening jamoam. Men “Real”da o‘zim istamagan holda ko‘rikdan o‘tganman. “Chels”"dan ketib, tavakkal qilganim ham rost, - dedi Markos Alonso.
31 yoshli futbolchi 1999-2010 yillar davomida “Real” tizimida bo‘lgan va asosiy tarkibda bir marta maydonga tushgan xolos.
Fikrlar