"Real" - "Barsa" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Barselona" va "Real" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsi Xavi shogirdlarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Dembele 15-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Lopes 85-daqiqada oradagi farqni ikkitaga oshirdi. So‘nggi daqiqalarda Ferran hisobni yiriklashtirib qo‘ydi.
Shunday bo‘lsa-da, darvozada ishonchli harakat qilgan va bir qator seyvlarni amalga oshirgan Ter Shtegen mazkur bellashuvning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi.



Fikrlar