Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell jangi bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishdi

  • 20 avgust, 2020, 09:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks kengashi WBC engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik Rayan Garsiya va britaniyalik Lyuk Kempbell o‘rtasidagi jangga buyruq bergan edi. "Golden boy" promouterlik kompaniyasi prezidenti Erik Gomesning takidlashicha, tomonlar jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Jang noyabr oyining ikkinchi yarimida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu jang g‘olibi WBC chempioni Devin Xeyniga majburiy da’vogarga aylanadi.

Tecno

22 yoshli Rayan Garsiya (20-0 , 17 KO) o‘zining oxirgi jangida Fransisko Fonsekani ( 25-3, 19 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

32 yoshli London Olimpiadasida chempioni Lyuk Kempbell (20-3, 16KO) so‘nggi marta WBC jahon chempionlik kamari uchun ukrainalik Vasiliy Lomachenko qarshi jangda ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!