Ravshan Yagudin yana bir yil "Dinamo"da qoladi
"Dinamo" Ravshanbek Yagudin bilan shartnomani uzaytirdi.
"Dinamo" PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.
So‘nggi 3 yildan buyon jamoamiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan darvozabon Ravshanbek Yagudin 2026 yilgi mavsumni ham «Dinamo» safida o‘tkazadi. Tajribali darvozabon bilan amaldagi kelishuv 2026 yil yakunigacha uzaytirildi.
O‘tgan yillar davomida jamoamizdagi ishonchli va barqaror o‘yinlari bilan muxlislar hurmatiga sazovor bo‘lgan golkiper «Dinamo»dagi 4-mavsumini ham barqaror o‘tkazishiga ishonamiz", - deya xabar berdi klub matbuoti.



Fikrlar