Ravshan Ermatov: O‘zbekistonning har bir yoshdagi terma jamoasidan muxlislarimiz yuksak natijalar kutishadi

  • 3 noyabr, 2019, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi.

Tecno

Saralash bahslariga hozirlik jarayoni olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun poytaxtdagi yig‘inni yakunlaydi va ertaga qit’a chempionati saralashida ishtirok etish uchun Xobar shahriga yo‘l oladi.

Bugun O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi va terma jamoamizga saralash bahslarida omad tiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2019-11-03_14-55-41_1

- 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2020 final bosqichi kelasi yili yurtimizda bo‘lib o‘tadi. Lekin avvalo ushbu yosh toifasidagi terma jamoamiz oldida saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazish vazifasi turibdi. O‘zbekistonning har bir yoshdagi terma jamoasidan muxlislarimiz yuksak natijalar kutishadi. Shu boisdan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham saralashdagi har bir uchrashuvda ishonchli o‘yin namoyish etib, xalqimizga chiroyli g‘alabalar taqdim etishini kutamiz. Futbolchilar hamda murabbiylar shtabiga oldindagi musobaqada omad tilaymiz. Ishonamizki, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytasizlar, - deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o‘rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o‘tkaziladi.

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiyaga ertaga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!