Ravshan Ermatov Namangan viloyati hokimi bilan uchrashdi. Unda qanday masalalar ko‘rildi?

  • 20 yanvar, 2021, 20:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi-vitse prezidenti Ravshan Ermatov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, bir qator mutasaddi va mutaxassislar Namangan viloyatiga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Safar davomida hududlarda futbol bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi hamda sportni aholi o‘rtasida keng tatbiq etish hamda futbol ommaviyligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Hokim_va_Ermatov_-_2

Mutaxassislar Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop, Kosonsoy, Uychi va boshqa tumanlarda sportga va xususan, futbolga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Yosh tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulot jarayonini kuzatish barobarida, joylarda bolalar-o‘smirlar futboliga bo‘lgan e’tibor hamda imkoniyatlar ko‘zdan kechirishdi. Infratuzilmaning talab darajasiga mos kelishi borasida takliflar bildirildi.

O‘FA_maqolasiga_-_5

Ravshan Ermatov Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Abdurazzaqovga viloyatda futbolni rivojlantirishda amalga oshirayotgan ishlari uchun O‘FAning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

photo_2021-01-20_17-49-23

Shuningdek, viloyat futbol assotsiatsiyasi moddiy texnik bazasini yaxshilash va uning faoliyatini OAVda keng yoritilishini ta’minlash maqsadida, O‘FA tomonidan texnik jihozlar va zarur o‘quv qo‘llanmalar taqdim etildi.

O‘FA_maqolasiga_-_4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!