Rasmiy xabar: Sardor Rahmonov - "So‘g‘diyona" futbolchi

  • 4 iyul, 12:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sardor Rahmonov — “So‘g‘diyona” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. 

Tecno

"Jamoamiz "So‘g‘diyona" yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda. Mahoratli va tajribali himoyachi Sardor Rahmonov bilan bir yarim yillik mehnat shartnomasi imzolandi!

Ma’lumot uchun: Sardor Rahmonov professional faoliyati davomida quyidagi jamoalar safida o‘zini namoyon etgan:
"Mash’al"
"Lokomotiv"
"Neftchi"
"Buxoro"
OKMK 

Shuningdek, Sardor Rahmonov O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalari — U19, U21 va U23 tarkibida ham ishtirok etgan.

“So‘g‘diyona” PFK nomidan Sardor Rahmonovga klubimizga xush kelibsiz deymiz! Unga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!