
Rasmiy xabar: Osiyo chempionati Hindistondan BAAga ko‘chirildi
Shu yilning 21 may - 1 iyun kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilishi lozim edi.
Ammo, Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq yuzaga kelgan og‘ir vaziyat sababli, ushbu musobaqa Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga ko‘chirildi. Bu haqida Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati erkaklar o‘rtasida 10 ta, ayollar o‘rtasida 10 ta vazn toifasida tashkil etiladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar