
Rasmiy xabar! "Napoli"ni EChL keyingi bosqichiga olib chiqqan Karlo Anchelotti lavozimidan ozod etildi
"Napoli" klubi matbuot xizmati Karlo Anchelotti lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi. Murabbiy EChL 6-turida "Genk"ni (4:0) mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga neapolliklarni olib chiqsa ham iste’foga chiqarildi.
"Napoli" Anchelotti bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Aurelio de Laurentis va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro xurmat saqlanib qoladi, - deyilgan klub rasmiy axborotida.
Fikrlar