
Rasman! Yusuf "Barselona"ga o‘tdi
"Barselona" o‘zining rasmiy sayti orqali "Rapid" klubi yarim himoyachisi Yusuf Demirning transferini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 18 yoshli vengriyalik futbolchi yangi mavsumni kataloniyaliklar safida ijara asosida o‘tkazadi. “Barsa” ushbu ijara uchun “Rapid”ga 500 ming evro to‘laydi.
O‘rtadagi shartnomaga ko‘ra, "Barsa" ijara muddati yakunlangach Yusufni 10 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Demir "Rapid" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 38 ta o‘yin o‘tkazgan va 9 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar