Rasman! Tachmurod Agamurodov "Dinamo" murabbiyligidan ketdi. Uning keyingi manzili Superliga jamoasi
2019 yilning sentyabr oyidan buyon «Dinamo» klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib borgan 67 yoshli mutaxassis Tachmurod Agamurodov o‘z arizasiga binoan, ikki tomonning roziligi asosida klubni tark etdi.
Klub matbuot xizmati tajribali mutaxassisning Superliga ishtirokchisi «Qizilqum» klubidagi keyingi faoliyatiga omad tiladi.
«Dinamo» klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimi uchun aksariyat murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Nomzodlar viloyat rahbariyati va homiylar tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlangach e’lon qilinadi.



Fikrlar