
Rasman! Superligada navbatdagi iste’fo ro‘y berdi
2020 yilning Noyabr oyida "Andijon" jamoasiga bosh murabbiy sifatida kelgan Otabek G‘ulomxo‘jaevni klub rahbariyati iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Andijon» klubi Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligida 11 rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Shularning: uchtasida g‘alaba, bir durang va etti o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.
Ushbu natijalar klub rahbariyatiga ma’qul kelmagan. Natijada murabbiy lavozimini tark etdi.
Fikrlar