
Rasman! "So‘g‘diyona" belgiyalik legioner bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. So‘g‘diyona belgiyalik legioner hujumchi Zenan Zaymovich bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Zenan Zaymovich 1994 yil 11 noyabrda tavallud topgan.
Futbolchi shu kungacha Xorvatiyaning «Lokomotiv», «Sesvite» Bosniyaning «Travnik», «Jeleznichar», «Velez Mostar» jamoalarida to‘p surgan. Uning so‘ngi jamoasi Serbiyaning «Radnik» klubi hisoblanadi.
So‘g‘diyona matbuot xizmati
Fikrlar