Rasman: Shomurodovning sobiq jamoasi “Roma”dan futbolchi oldi

  • 14 yanvar, 2022, 18:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa” mutasaddilari “Roma” himoyachisi Rikkardo Kalaforini ijaraga olgani haqida rasmiy xabar tarqatildi.

Tecno

Bu ikki klub do‘stona aloqalarga ega. Yozda “Roma” Genuya klubidan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovni transfer qilgan. Endi rimliklar tarbiyalanuvchisi teskari yo‘nalishda Genuyaga keldi.

19 yoshli Kalafori joriy mavsumda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etdi. Joze Mourino iste’dodli himoyachini UEFA Konferentsiyalar ligasida uch marta, A Seriyada olti marotaba maydonga tushirdi. Jami 429 daqiqa to‘p tepgan futbolchi har ikki musobaqada bittadan assistni amalga oshirdi.

 Rikkardo “Jenoa”da 16-raqamda o‘ynaydigan bo‘ldi.  

- Biz yosh va iste’dodli o‘yinchini qo‘lga kiritganimizdan mamnunmiz. U o‘zining sifatli o‘yinlari bilan bizga yordam bera oladi, - dedi “Jenoa” sport direktori Yoxannes Shpors.

Rikkardo Kalafori 2019 yilda The Guardian nashri tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan eng iste’dodli futbolchilarning oltmishtalik ro‘yxatiga kiritilgan.

football-rikk-800x445

Jerrard “Roma” darvozabonini oldi

Transfer huquqi “Roma”ga tegishli bo‘lgan shvetsiyalik darvozabon Robin Ulsen Angliyada jamoasini almashtirdi.

32 yoshli posbon o‘tgan yilning 31 avgustida ijara asosida Chempionshipda o‘ynayotgan “Sheffild Yunayted” safiga o‘tgan edi. Endi tajribali futbolchi yuqori ligaga ko‘tarilib, “Aston Villa” safiga qo‘shildi.

Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Angliyadagi murabbiylik faoliyatini boshlagan Stiven Jerrard shved futbolchisni o‘zi boshqarayotgan jamoaga taklif qilgan. “Aston Villa” Ulsenni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

“Roma”ga 2018 yili “Kopengagen”dan olib kelingan Robin Ulsen poytaxt klubida asosiy tarkibga kira olmadi va uch yarim yildan beri ijarama-ijara yuribdi.

Joriy mavsumda “Sheffild Yunayted” safida 11 ta uchrashuvda darvozani qo‘riqlagan posbon 17 ta gol o‘tkazib yubordi.

U yuqoridagi klublardan tashqari “Kalyari” va “Everton”ga ham ijara berilgan.

GettyImages-1023720658

Oliveyra nega “Roma”ga kelganini aytdi

“Roma”ning yanvardagi ikkinchi transferi egasi – Serjiu Oliveyra  yangi jamoaga kelganidan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bu fantastika bo‘ldi. “Roma” katta klub. Meni euda zo‘r kutib olishdi, hammaga rahmat. Tez orada men ham maydonda o‘z so‘zimni aytaman. Menga bosh murabbiy tomonidan ham, sport direktori tarafidan ham jiddiy qiziqish bo‘ldi. Tanlovim to‘g‘ri bo‘ldi, deb umid qilaman. Men jamoaga yordam bera olishimga ishonaman, chunki jamoadoshlarim ham meni qo‘llab-quvvatlab turadi.

Tyagu Pinto men o‘zimdagi g‘oliblik mentalitetini jamoadagilarga ham  “yuqtirish” kerakligini aytdi. “Portu”dan kelgan o‘yinchiman va bu jamoada yutqazish ta’qiqlangan edi, u erda mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qilishadi.

Maqsad – har tomonlama o‘sishga erishish.

Mourino bilan gaplashib oldim. Tabiiyki, har bir futbolchi shunday murabbiy bilan ishlashni istaydi. Bu mening tanlovimga ham ta’sir o‘tkazganini yashirmayman. Men bu erdagi kuchli futbolchilar bilan birga g‘alabalarga hissa qo‘shgani keldim. Avval qo‘yilgan maqsadlarga erishib, keyin ularni nishonlash kerak.

Men doim A Seriyada o‘ynashni istaganman.  Bolalikdagi orzular ro‘yobga chiqmoqda. Chempionat juda murakkab, raqobat kuchli, katta klublar ko‘p. Jismoniy kuch ko‘p sarflanadi, yakkakurashlar ham ko‘p.  Mening shaxsiy maqsadlarim jamoaniki bilan mushtarak. “Roma”ning muxlislari esa jamoani fantastik darajada qo‘llab-quvvatlashini sezdim. Ular yaxshi kunda ham, murakkab vaziyatda ham jamoa bilan birga, - dedi Serjiu Oliveyra.

470633 (1)

“Roma” kerakmas o‘yinchilardan qutilmoqda. Ular orasida Mourino tanqid qilgan Shomurodov bormi?

“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!

Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!