
Rasman! "Sheffild" muddatidan oldin Chempionshipga tushib ketdi
Premer-liganing 35-tur o‘yinlari o‘tib borayotgan bir paytda "Sheffild Yunayted" "Nyukasl" mehmoni bo‘lib, 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Klub ayni paytda 16 ochko bilan 20-o‘rinda turibdi. Kris Uaylder shogirdlari ushbu mavsum atigi 3 marotaba g‘alaba qozongan, 7 durang o‘ynab, 25 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, "Sheffild"ning "xavfli zona"dan chiqib ketishi uchun imkoniyati qolmadi. Buning uchun jamoaga kamida 10 ochko kerak bo‘ladi, lekin turnir tugashiga 3 ta tur qolgan.
Ma’lumot uchun, sheffildliklar o‘tgan mavsum Chempionshipda 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan holda APLga qaytgandi.
Fikrlar