Rasman! "Roma" yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 13 yanvar, 2022, 08:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" "Portu" yarim himoyachisi Serjiu Oliveyrani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda "bo‘rilar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi rimliklar safida ijara asosida to‘p tepadi. Agar "Roma" havbekni sotib olmoqchi bo‘lsa, kamida 15 million evro "Portu"ga o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.

"Bunday ajoyib klubda bo‘lish yoqimli. Meni bu erda yaxshi kutib olishdi va men bundan mamnunman. Taascurotlarim ijobiy, umid qilamanki, jamoaning muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shaman", - dedi futbolchi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!