
Rasman! Rafael Varan terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Rafael Varan 29 yoshida Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Le Parisien" nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" himoyachisi bir necha haftadan beri terma bu haqda o‘ylagan va shu qarorga kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik futbolchi terma jamoada o‘ynashdan jismoniy va ruhiy charchoqni his qilmoqda. Bundan tashqari, himoyachi ko‘proq vaqtini oilasi bilan o‘tkazmoqchi. Shuningdek, uning qaroriga "JCh-2022" finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyat ham ta’sir ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Varan "uch ranglilar" safida 2013 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U terma jamoada jami 93 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar