Rasman! Qatarning "Osiyo kubogi-2019" doirasidagi BAA ustidan qozongan g‘alabasi haqqoniy deb topildi

  • 10 avgust, 2020, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2019 yilning 29 yanvar kuni Osiyo kubogi yarim finali doirasida amirliklar jamoasi Qatar bilan bahs olib borgandi. Unda qatarliklar yirik 4-0 hisobida g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng, mag‘lub tomon OFK intizom qo‘mitasiga Qatar milliy terma jamoasi qaydnomasiga kiritilgan Almuoz Ali va Bassam Al Ravi mamlakat sharafini himoya qilishi mumkin bo‘lmagani haqida  shikoyat qilgandi. Unda yozilishicha, Almuoz Alining onasi Qatarda tavallud topmagan va futbolchi ushbu terma jamoada o‘ynashi mumkin emas. 2019 yil 15 aprelda bo‘lib o‘tgan sud BAAning shikoyatini rad etdi. 

Tecno

Ammo ular appelyatsiya berishga qaror qildi. Musobaqa mezbonlarining talabiga ko‘ra, Qatardan qit’a chempionligi unvoni va bu uchun olgan reyting ballari olib qo‘yilishi kerak edi. 

2020 yilning 21 iyunida takroriy sud ishi bo‘lib o‘tdi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, Almuoz Alining onasida Qatar va Sudan fuqaroligi bo‘lgani va uning aynan Qatarda tug‘ilganligi aniqlandi. 

Shu tariqa, da’vogar tomon talablari qondirilmaydigan bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!