Rasman! Qatar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 6 dekabr, 2023, 21:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bir oz oldin Qatar terma jamoasi Karlush Keyrushni o‘z lavozimidan ozod qildi. Uning o‘rniga kim kelishi aniq bo‘ldi. 

Tecno

Image

Markes Lopes Qatar terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. U shu vaqtgacha "Al-Vakra" klubini boshqarib kelayotgandi.  

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis faoliyati davomida "Espanol", "Kastelon" va "Eypen" jamoalari va Iroq terma jamoasiga ustozlik qilgan. 

Osiyo chempionati oldidan Qatarning bunday katta o‘zgarishga qo‘l urishi kutilmagan holat bo‘ldi. 12-yanvardan start oladigan turnirda qatarliklar Xitoy, Livan va Tojikiston bilan bir guruhdan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muratbay
06/12/2023 22:06
Якши