
Rasman! "Paxtakor" etakchisi jamoa bilan shartnomani uzaytirdi
Serbiyalik futbolchi Dragan Cheran Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan amaldagi shartnomasini bir yilga uzaytirdi.
Cheran hozirga qadar jamoamiz safida jami 144 o‘yinda 89 gol muallifiga aylangan. U Superliga tarixida birinchi bo‘lib ketma-ket uch marta to‘purar sifatida rekord qo‘yishga erishgan. "Paxtakor" futbol klubi va futbolchi hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Shu tariqa Cheran 2023 yil oxirigacha "Sherlar" safida qoladi.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda 34 yoshli futbolchining "transfermarkt" portalidahi bahosi 500 ming evroni tashkil qiladi.
Fikrlar