Rasman! O‘zbekiston kriket federatsiyasi Osiyo kengashi a’zoligiga qabul qilindi

CHERY AUTO

Joriy yilning 23-24 iyul kunlari Bangladesh poytaxti  Dakka shahrida Osiyo  kriket kengashining 2025 yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar xususida kongressi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Shuningdek, mazkur kongressda kriket bo‘yicha bajarilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Kongress reglamentiga muvofiq, asosan kriket rivojlanayotgan mamlakatlarning Osiyo kriket kengashiga a’zolik masalalari muhokama qilindi. Ushbu kongressga rasman taklif qilingan O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev ham ishtirok etib,  O‘zbekistonda tobora  rivojlanib borayotgan kriket sport turining bugungi muvaffaqiyatlari xususida prezidentatsiya qildi. 

Quvonarlisi, O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan Osiyo kriket kengashiga a’zolik uchun yo‘llagan arizasini kengash a’zolari ijobiy ko‘rib chiqishdi va Osiyo kriket kengashiga yangi a’zo sifatida rasman qabul qilindi hamda O‘zbekistonda kriket sport turi rivojlanish bosqichiga o‘tganligini e’tirof etishdi.

Shuningdek, avgust oyida OKK a’zolari mamlakatimizga tashrif buyurishi va O‘KF faoliyati bilan yaqindan tanishish niyatida ekanligini ma’lum qildi.


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!