Rasman. "Navbahor" "Paxtakor" futbolchisini ham o‘z safiga qo‘shib oldi!

  • 4 dekabr, 19:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar oynasini faol boshlagan "Navbahor" Islombek Mamatkazin va Dilshodjon Komilov transferidan so‘ng Umar Adhamzodani ham o‘z safiga qo‘shib olmoqda. 

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, Umar o‘tgan mavsum "Paxtakor" safida harakat qilib, 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Adhamzoda 2022 hamda 2023 yillar "Neftchi" klubida faoliyat olib borgan. 27 yoshli futbolchi farg‘onaliklar safida umumiy 69 ta bellashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!