Rasman! "Nasaf" legioner darvozabon transferini e’lon qildi
Qarshining "Nasaf" klubi legioner darvozabon bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "ajdarlar" matbuoti xabar berdi.
"Yangi mavsum uchun puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan “ajdarlar” transfer oynasida yangi futbolchilarni jalb qilishda davom etadi.
Jamoamizga yangi ukrainalik darvozabon kelib qo‘shildi. Oleksandr Vorobey faoliyati davomida Ukrainaning “Volin”, “Rux”, “Viktoriya”, “Alyans” va so‘ngi mavsumni Gruziyaning “Gagra” jamoasida o‘tkazgan.
Oleksandr jamoamiz bilan bir yillik kelishuvga erishdi. “Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Oleksandr!", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2024 yil yakunida jamoaning ikkinchi posboni Umid Ergashev "Navbahor"ga ko‘chib o‘tdi.



Fikrlar