
Rasman! Marselo "Olimpiakos"ni tark etdi
Rasman Marselo "Olimpiakos" bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi klubni tark etdi. Bu haqda jamoa rasmiy xabar berdi.
"Butun "Olimpiakos" oilasi hamkorlik uchun Marseloga minnatdorchilik bildiradi. U bizning klubda kam o‘ynadi, lekin bu rishtalarimizni yaxshilashga etarli bo‘ldi. Endi uning Yunonistonda do‘stlari bor", - deyiladi bayonotda.
34 yoshli himoyachining hozircha keyingi manzili aniq emas. U o‘ziga yangi klub qidirmoqda.
Ma’lumot uchun, Marselo mavsum boshida "Olimpiakos" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Braziliyalik futbolchi Grettsiya klubida 10 marta maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar