Rasman! “Manchester Yunayted” futbolchisi APLning boshqa klubiga o‘tdi (Foto)

  • 2 iyul, 2022, 15:52
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson "Nottingem Forest"ga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi “o‘rmonchilar” klubi rasmiy sayti.

Tecno

25 yoshli angliyalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olingan bo‘lib, shartnomaga sotib olish bandi kiritilmagan.

"Nottingem Forest" bu yildan e’tiboran Premer ligada o‘ynaydi.

O‘tgan mavsumda Xenderson “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 3 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Bu mankunianliklar tarbiyalanuvchisi uchun faoliyatidagi oltinchi ijara hisoblanadi. “Manchester Yunayted” uni ikki marta “Stokport”, “Grimsbi Taun”, “Shrusberi” va “Sheffild”ga ijaraga bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!