
Rasman! “Manchester Siti” Husanovdan keyin yana bir katta transferni e’lon qildi
Kuni kecha Abduqodir Husanovning transferini e’lon qilgan “Manchester Siti” o‘z safiga yana bir o‘yinchini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.
Klubning rasmiy saytida “Ayntraxt” to‘purari Umar Marmush faoliyatini Manchesterda davom ettirishi haqida e’lon joylandi.
25 yoshli misrlik hujumchi bilan to‘rt yarim yillik shartnoma imzolandi.
- Marmush Evropa futbolida talabgorlari ko‘p bo‘lgan yosh hujumchilardan biri. U hujum chizig‘ining har ikki qanotida o‘ynay oladi, - deyiladi klub bayonotida.
Umar Marmush joriy mavsumda germaniya chempionatida 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Evropa Ligasida oltita o‘yinda o‘z hisobiga to‘rtta gol va ikkita assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar