
Rasman! "Manchester Siti" Echeverri transferini e’lon qildi
Rasman "Manchester Siti" Klaudio Echeverrini o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi.
"Shaharliklar"ga yarim himoyachining transferi uchun 14,5 million evroga tushdi. Futbolchi bilan esa 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Echeverri 2025 yil qishki transfer oynasida "Manchester Siti" safiga borib qo‘shiladigan bo‘ldi. U bir yil ijara asosida "River Pleyt"da to‘p tepadi.
Klaudio Argentina safida Jahon chempionatidagi ko‘rsatgan o‘yini orqali top klublar e’tiboriga tushgandi. Uni "Barselona" va "Chelsi" jamoalari ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi.
Fikrlar