
Rasman! "Leyptsig" futbolchisi yangi mavsumni "Borussiya"da boshlaydi
"RB Leyptsig" klubi yarim himoyachisi Xennes Volf yangi mavsumni "Borussiya" Myunxengladbaxda o‘tkazadigan bo‘ldi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, “Borussiya” 21 yoshli avstriyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan.
Ma’lumot uchun, Volf joriy mavsum “Leyptsig” safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar