Rasman! Jo‘rabekov "Buxoro" futbolchisi

  • 2 yanvar, 13:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Sports.uz sayti orqali "Bunyodkor"ni tark etgan himoyachi Shahboz Jo‘rabekovni "Buxoro"ga o‘tayotgan haqida ma’lumot berib o‘tgandik.

Tecno

Bugun "Buxoro" klubi rasman Jo‘rabekov bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi va ushbu xabar o‘z tasdig‘ini topdi.

Fevralda 28 yoshga to‘ladigan futbolchi 2024 yilni "Qizilqum"da boshlab "Bunyodkor"da yakunladi.

O‘tgan mavsum mobayida Jo‘rabekov 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev "So‘g‘diyona"ni boshqargan chog‘ida Shahboz uning qo‘l ostida to‘p surgan va imkoniyatini yaxshi biladi. Shu bois murabbiy sobiq shogirdini taklif qildi.

Jo‘rabekov jamoasini o‘zgartiryapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!